APELSINGA BOTIRILGAN IGNA

Shayx Vafo hazratlari Fotih zamonlarining olimlaridan, valiy zotlardan edilar. Daylat odamlari va xalq u kishini yaxshi ko'rar,
hurmat qilardi.
Shunday ulug' insonning o'yin yoshidagi o'g'lining yomon bir odati bor ekan. Uchiga mix qoqilgan uzun taxta bilan uylarga suv
tashiladigan xaltalarni tesharkan. Suv tashuvchilar: "Bola, Shayx Vafo hazratlarining o'g'li, hali bu ishini tashlar", deyishdi. Bir muddat bolaning bu qilig'iga chidab turishdi.
Lekin bola haddidan oshib, bu ishdan voz kechmagandi. Nihoyat, ular Shayx hazratlariga shikoyat qilishdi.
Vafo hazratlari bo'lgan voqeani eshitgach,hayron ichida qoldilar.
a Qanday qilib ehtiyotkorlik bilan o'stirgan,haromdan asragan bir bola bunday ishni qilishi mumkin?!
SS Shayx Vafo suy tashuvchilarga: "Bo'ldi, tushunarli
. Kerakli chora ko'riladi. Sizning ham
zararlaringiz to'lanadi", dedilar. Suvchilaring zararini to'lab, ulardan halollik - rozilik soʻradilar. Keyin oʻylashga tushdilar. Oldin oʻz-
oʻzlaricha oʻyladilar. "Ajabo, men bu bolaga
bilmasdan harom luqma yedirdimmi?" deb
oʻyladilar. Hech narsa topolmadilar. Keyin
ayollaridan soʻradilar:
-- Xotin, sen bu bolaga homilaligingda yoki
sut berayotganda harom narsa yedingmi? Yax-
shilab oʻylab, menga ayt. Yo'qsa, ishlarning
oxiri voy, - dedilar.
Ayollari o'ylab-o'ylab, bir narsani esladi
va xoʻjayiniga aytib berdi: "Oʻgʻlimga homila-
ligimda bir qo'shninikiga borgandim. U yerda
bir tovoq apelsin bor edi. Apelsinlarni
koʻrgach yegim kelgandi, lekin so'rashga
uyaldim. Uy egasi ichkariga kirganda, ignamni
olib apelsinni teshib, suvini ichgan edim".
Ayol bu voqeani Shayx hazratlariga aytib
bergach, Vafo hazratlari:
- Ey xotin, endi hech vaqt yo'qotmasdan
o'sha qo'shninikiga borib og'zingga kirgan meva
suvini halolla, dedilar.
Ayol qo'shninikiga borib, undan rozilik
oldi, luqma halollandi.
Bolani bu voqeadan boxabar qilishmadi.
"Ustingdan shikoyat tushdi. Bu ishni boshqa
qilma", deyishmadi. Lekin o'sha kundan so'ng bola bu odatini oʻz-oʻzidan tashladi. Boshqa
hech kim undan shikoyat qilmadi.


Nasihat:
Bola tarbiyasi ona qornidayoq boshlanadi.
Farzandlarimizning yomon
boʻlishlarini istamasak, ularni yoshlikdan
harom, shubhali luqmadan uzoq tutishimiz
lozim.✅????

скачать dle 12.1
---
Добавить комментарий

Оставить комментарий